15 Sentyabr 2025
679
19 yoshli Akmaljon Isroilov jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidagi eng yosh bokschi Akmaljon Isroilov (-85 kg) ishtirokidagi final bahsi poyoniga yetdi. Mezbon Tiyjn Stottga qarshi jang olib borgan 19 yoshli bokschimiz raqibini kuchli zarbalari oldida ojiz qoldirib, jahon chempionligiga sazovor boʻldi.
