14 Sentyabr 2025 593

Fazliddin Erkinboyev jahon chempionligini qoʻlga kiritdi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Angliyada oʻtayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medaliga sazovor boʻldi. -75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Fazliddin Erkinboyev finalda bolgariyalik Kivan Rami ustidan gʻalabaga erishib, terma jamoamizga musobaqadagi dastlabki chempionlikni taqdim etdi.

Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kivan Rami (Bolgariya) 5:0

Shuningdek, kun davomida ringga koʻtarilgan yana uch nafar bokschimiz final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Nazim Kizaybay (Qozog‘iston) 1:4
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Lasha Guruli (Gruziya) raqib ringga chiqmadi
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Gabriel Veochich (Xorvatiya) 5:0
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chakiroglu (Turkiya) 1:4
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 0:5
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Mixail Fares (Avstriya) 5:0

 Bronza medal:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Kazakova
-75 kg: Aziza Zokirova

Text to speech