13 Sentyabr 2025 621

Bugun jahon chempionatida birinchi final oʻtkaziladi

Angliya mazbonlik qilayotgan boks boʻyicha dunyo birinchiligining ortda qolgan kunida Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar a’zosi ringga koʻtarilib, ularning 7 tasi gʻalabaga erishdi.

Chorak finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Jovanna Marchese (Italiya) 5:0
-50 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev - Soushi Makino (Yaponiya) 2:3
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Rikardo Fresneda (Ispaniya) 5:0

Yarim finallar:
-65 kg: Navbahor Hamidova - Niyen-Chin (Xitoy Taypeyi) 3:2
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Shunsuke Kitamoto (Yaponiya) 5:0
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) 4:1
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev - Enmanuyel Reyes Pla (Ispaniya) 4:1
+90 kg: Jahongir Zokirov - Danabiyeke Bayikevuzi (Xitoy) 5:0

Kun davomida yarim final va final janglari tashkil etiladi. Ortda qolgan kun chiroyli gʻalabaga erishgan Fazliddin Erkinboyev bugun jahon chempionligi uchun ringga koʻtariladi. Shuningdek, yana 6 nafar vakilimiz yarim final bahsini oʻtkazadi. Juftliklar bilan tanishing:

Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Nazim Kizaybay (Qozog‘iston)
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Lasha Guruli (Gruziya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Gabriel Veochich (Xorvatiya)
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chakiroglu (Turkiya)
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Mixail Fares (Avstriya)

Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kivan Rami (Bolgariya)

Text to speech