12 Sentyabr 2025
724
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi
Indoneziyada dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligi yakuniga yetdi. Bugun oʻtkazilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Oltin medal:
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov
+90 kg: Alibek Durdiyev
-70 kg: Intizor Uzakbayeva
Kumush medal:
-57 kg: Maftuna Ahmedova
Bronza medal:
-73 kg: Saʼdulla Ravshanov
-73 kg: Daulet Turdiyarov
-90 kg: Inomjon Bahodirov
-57 kg: Gulsanam Hazratqulova
-63 kg: Zuhra Umarova
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Shu tariqa, mazkur yosh toifasida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamgʻargan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.


