13 Sentyabr 2025
873
Olimpiya shaharchasida avto va moto sport texnikasi koʻrgazmasi oʻtkazildi
Olimpiya shaharchasida avto va moto sport turlariga oid zamonaviy texnika hamda inventarlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Milliy avtosport va karting federatsiyasi mutasaddilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmonov, Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyatini sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishdi.
Koʻrgazma davomida yoʻriqchilar xalqaro musobaqalarga tayyorlanayotgan texnikalarning imkoniyatlari, ulardagi soʻnggi yangiliklar va afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Mohir pilotlar esa drift namoyishlari orqali texnik imkoniyatlarni amalda koʻrsatib berishdi.
















