12 Sentyabr 2025 881

Sport federatsiyalarining Olimpiya shaharchasidagi joylashuvi muhokama qilindi

Bugun Sport vazirligining Olimpiya shaharchasida joylashgan yangi binosida majmuaning imkoniyatlaridan maksimal foydalanish, xususan, federatsiya va assotsiatsiyalarning u yerdagi joylashuvi masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmonov, Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati federatsiyalar masʼullari bilan mazkur masalalarni atroflicha muhokama qilishdi.

Yig‘ilishda Olimpiya shaharchasidagi yangi sport obyektlari va sport bazalariga ko‘chish ishlarini tezlashtirish va rejalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, bu jarayon bilan bogʻliq masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari koʻrib chiqildi.

Text to speech