12 Sentyabr 2025 612

Bugun jahon chempionatida dastlabki finalchilar aniqlanadi

Liverpulda tashkil etilayotgan boks boʻyicha dunyo birinchiligida bugun chorak final va yarim final bahslari oʻtkaziladi. Kun davomida Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar aʼzosi ringga koʻtarilishi belgilangan. Ulardan 5 tasida yurtdoshlarimiz final yoʻllanmasi uchun jang qilishadi. Juftliklar bilan tanishing:

Chorak finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Jovanna Marchese (Italiya)
-50 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev - Soushi Makino (Yaponiya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Rikardo Fresneda (Ispaniya)

Yarim finallar:
-65 kg: Navbahor Hamidova - Niyen-Chin (Xitoy Taypeyi)
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Shunsuke Kitamoto (Yaponiya)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon)
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev - Enmanuyel Reyes Pla (Ispaniya)
+90 kg: Jahongir Zokirov - Danabiyeke Bayikevuzi (Xitoy)

Text to speech