11 Sentyabr 2025
625
Oʻsmir dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan boshlashdi
Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Oltin medal:
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-40 kg: Dilafroʻz Boltaboyeva
-48 kg: Nargiza Doʻsmamatova
Kumush medal:
-40 kg: Mohinur Olloberganova
-52 kg: Nigina Umrzoqova
Bronza medal:
-50 kg: Muhammadqodir Shodmanov
-55 kg: Abubakr Sattorov

