11 Sentyabr 2025
815
Bir guruh kurash fidoyilari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi
6-sentyabr – Xalqaro kurash kuni munosabati bilan sohaning bir guruh fidoyilariga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni va mamlakat kurash federatsiyasining tashakkurnomalarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasida oʻtgan tadbirda Sport vazirligi, MOQ va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi rahbariyati sport fidoyilarini qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida ham ulkan muvaffaqiyat tilashdi.









