11 Sentyabr 2025
888
III Osiyo yoshlar oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni koʻrib chiqildi
22-31-oktyabr kunlari Bahraynda III Osiyo yoshlar oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Bugun Sport vazirligida Oʻzbekiston delegatsiyasining ushbu musobaqaga olib borayotgan hozirligi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Unda vazirlik va MOQ mutasaddilari terma jamoalar tarkibini koʻrib chiqish, sportchilarning tayyorgarligini puxta yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashishdi.
Ma’lumot uchun, 27 sport turida tashkil etiladigan musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi 22 ta yoʻnalishda ishtirok etishi kutilmoqda.




