11 Sentyabr 2025 658

Yana 8 nafar bokschimiz jahon chempionati medalini naqd qilishdi

Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha jahon chempionatining chorak final bahslari yakunlanmoqda. Ortda qolgan kun Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl olish bilan birga oʻzlari uchun shohsupadan joy hozirlab qoʻyishdi.

-54 kg: Nigina Oʻktamova — Yoseline Perez (AQSh) 2:3
-60 kg: Sitora Turdibekova — Viktoriya Grafeyeva (Qozogʻiston) 1:4
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Nupur (Hindiston) 1:4
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Tady Joyse (Irlandiya) 2:3
-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Zeyad Eashash (Iordaniya) 0:5
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Nurbek Oralbay (Qozogʻiston) 5:0
-90 kg: Toʻrabek Xabibullayev — Sagʻindik Togʻambay (Qozogʻiston) 5:0
-51 kg: Feruza Kazakova — Mungunsaran Balsan (Moʻgʻiliston) 5:0
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Jasmin (Hindiston) 0:5
-65 kg: Navbahor Hamidova — Sacha Hikkey (Angliya) 4:1
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Bibars Jeksen (Qozogʻiston) 5:0
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Yertugʻan Zeinulinov (Qozogʻiston) 5:0
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Hamza Sriri (Belgiya) 5:0
+90 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya) 5:0

Dasturga koʻra, bugun musobaqada dam olish kuni.

Text to speech