10 Sentyabr 2025
541
Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Osiyo kubogi oʻtkazilmoqda
Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻtkazilmoqda. Unda 11 mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportchi bahs olib boryapti.
Dastlabki kun qizlar sablya, yigitlar rapira boʻyicha yakkalik yoʻnalishida bellashishdi. Qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻldilar. Yigitlarimizga esa biroz omad yetishmadi.
Oltin medal:
Salima Roʻziyeva
Kumush medal:
Bibiaisha Husanboyeva
Bronza medal:
Perizat Mauinbergenova


