Boks: Aziza Zokirova medalni naqd qildi, magʻlubiyatsiz “seriya” davom etadi
Liverpul shahrida oʻtayotgan boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining magʻlubiyatsiz ishtiroki davom etmoqda. Ortda qolgan ringga koʻtarilgan 9 nafar hamyurtimizning barchasi gʻalaba qozondi. Qayd etish joiz, birinchi boʻlib chorak final jangida qatnashgan Aziza Zokirova germaniyalik raqibi ustidan qozongan gʻalabasi evaziga yarim finalga yoʻl oldi va kamida bronza medalini naqd qildi.
-51 kg: Feruza Kazakova — Karoline De Almeida (Braziliya) 5:0
-60 kg: Sitora Turdibekova — Rebekka Nikoli (Italiya) 5:0
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Mehdi Kazemi (Eron) 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Kim Minseong (Janubiy Koreya) 5:0
-48 kg: Sabina Boboqulova — Angelika Kristoforska (Polsha) 5:0
-70 kg: Aziza Zokirova — Leoniye Muyeller (Germaniya) 5:0
-50 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev — Omer Izaz (Australiya) 5:0
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Ismail Umar (Finlyandiya) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Lachlan Lavson (Australiya) 5:0
Bugun bahs olib boradigan 14 nafar hamyurtimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-54 kg: Nigina Oʻktamova — Yoseline Perez (AQSH)
-60 kg: Sitora Turdibekova — Viktoriya Grafeyeva (Qozogʻiston)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Nupur (Hindiston)
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Tady Joyse (Irlandiya)
-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Zeyad Eashash (Iordaniya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Nurbek Oralbay (Qozogʻiston)
-90 kg: Toʻrabek Xabibullayev — Sagʻindik Togʻambay (Qozogʻiston)
-51 kg: Feruza Kazakova — Mungunsaran Balsan (Moʻgʻiliston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Jasmin (Hindiston)
-65 kg: Navbahor Hamidova — Sacha Hikkey (Angliya)
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Bibars Jeksen (Qozogʻiston)
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Yertugʻan Zeinulinov (Qozogʻiston)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Hamza Sriri (Belgiya)
+90 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya)
