9 Sentyabr 2025 727

Bokschilarimizning magʻlubiyatsiz “seriya”si davom etadi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining Liverpulda oʻtayotgan jahon chempionatidagi gʻalabali yurishi toʻxtamayapti. Ortda qolgan kun bahs olib borgan 7 nafar vakilimizning barchasi gʻalaba qozonishga erishdi.

-54 kg: Nigina Oʻktamova — Anna Lakotar (Vengriya) 5:0
-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Bernad Martinez (Ispaniya) 3:0
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev — Vagkan Nanitzaniyan (Gretsiya) 5:0
-65 kg: Navbahor Hamidova — Oshin Deriyeuv (Belgiya) 4:1
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Juzeppe Kanoniko (Italiya) 5:0
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Sultan Osmanli (Turkiya) 5:0
+90 kg: Jahongir Zokirov — Nikita Putilov (Germaniya) 5:0

Dasturga koʻra, bugun 9 nafar bokschimiz ringga koʻtariladi. Juftliklar:

-51 kg: Feruza Kazakova — Karoline De Almeida (Braziliya)
-60 kg: Sitora Turdibekova — Rebekka Nikoli (Italiya)
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Mehdi Kazemi (Eron)
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Kim Minseong (Janubiy Koreya)
-48 kg: Sabina Boboqulova — Angelika Kristoforska (Polsha)
-70 kg: Aziza Zokirova — Leoniye Muyeller (Germaniya)
-50 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev — Omer Izaz (Australiya)
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Ismail Umar (Finlyandiya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Lachlan Lavson (Australiya)

Text to speech