8 Sentyabr 2025 813

Janni Infantino Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

FIFA Prezidenti Janni Infantino Toshkentga tashrifi davomida yurtimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan soʻnggi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda. Martabali mehmon bugun Olimpiya shaharchasida boʻlib, zamonaviy inshootlarni koʻzdan kechirdi.

Janob Infantinoga Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov hamrohlik qilishdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu majmuani FIFA Prezidenti yuqori baholadi. Xususan, bugun futbol boʻyicha CAFA Nations Cup turnirining finaliga mezbonlik qiladigan “Olimpiya” stadioni haqida iliq fikrlar bildirdi.

Kun davomida martabali mehmonning Milliy futbol markaziga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Text to speech