8 Sentyabr 2025 676

Kun dayjesti:

CAFA Nations Cup finalida Oʻzbekiston Eronga qarshi bahs olib boradi
Bugun futbol boʻyicha CAFA Nations Cup turnirining final bahsi boʻlib oʻtadi. Unda “A” va “B” guruhlarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston va Eron jamoalari bosh sovrin uchun maydonga chiqishadi. Oʻyin soat 19:30 da “Olimpiya” stadionida oʻtkaziladi.

Sobir Safaraliyev xalqaro turnirda sovrindor boʻldi
Rossiyaning Vladivostok shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. 13 mamlakat terma jamoalari ishtirok etgan ushbu turnirda hamyurtimiz Sobir Safaraliyev yengil vazn toifasida kechgan bellashuvlarda bronza medaliga sazovor boʻldi.

US Open-2025 turnirida gʻoliblar aniqlandi
Tennis olamining eng yirik turnirlaridan biri AQSh ochiq chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida ispaniyalik Karlos Alkaras, ayollar oʻrtasida esa belaruslik Arina Sobolenko bosh sovrinni qoʻlga kiritishdi.

Voleybol boʻyicha Italiya ayollar terma jamoasi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Tailandda voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Dunyoning eng kuchli 32 jamoasi oʻrtasida kechgan bahslarda Italiya terma jamoasi finalda Turkiyani 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Uchinchi oʻrin esa Yaponiyadan ustun kelgan Braziliyaga nasib etdi.

Text to speech