6 Sentyabr 2025 704

Bokschilarimiz ortda qolgan kunni ham magʻlubiyatsiz yakunlashdi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Angliyada oʻtayotgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Ortda qolgan kun ringga koʻtarilgan uch bokschimizning barchasi chiroyli gʻalabalar bilan keyingi davraga yoʻl olishdi. Ayniqsa, Shodiyorjon Meliqoʻziyevning nokauti kunning eng chiroyli lahzalaridan boʻldi.

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Lai-Karlile Ali (Yangi Zelandiya) 5:0

-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Navaf Avaji (Saudiya Arabistoni) nokaut

+90 kg: Jahongir Zokirov - Mourad Kadi (Jazoir) 5:0

Bugun bahs olib boradigan juftliklar bilan tanishing:

-51 kg: Feruza Kazakova - Yuliyett Xinestroza (Panama)

-70 kg: Shavkatjon Boltayev - Kevin Skott (Shvetsiya)

-60 kg: Sitora Turdibekova - Tetiana Dovxal (Ukraina)

+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Mariya Lovchinska (Ukraina)

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Chinar Mehmetxan (Turkiya)

Text to speech