Olimpiya shaharchasi boʻylab press-tur tashkil etildi
Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Sport vazirligi hamkorligida Olimpiya shaharchasiga press-tur o‘tkazildi. Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari sportchilarimiz uchun bunyod etilgan zamonaviy inshootlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shaharchadagi har bir obyekt haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berilib, ularda qo‘llanilgan ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy qoplamalar va jahon standartlariga mos qurilish ishlari haqida so‘z yuritildi.
Mazkur press-tur o‘zbek sportining bugungi imkoniyatlari va qaysidir ma’noda kuchini ko‘rsatib, sportchilarimiz uchun yaratilgan sharoitlarning yuksak darajasini namoyon etdi.
Majmuadagi asosiy obyektlar haqida maʼlumotlar:
Asosiy stadion. Muxlislar sigʻimi: 12 152 kishi.
Velodrom. Muxlislar sigʻimi: 2 187 kishi.
Suv sporti turlari kompleksi. Muxlislar sigʻimi: 2 222 kishi.
Jamoaviy sport turlari kompleksi. Muxlislar sigʻimi: 2 016 kishi.
Yakkakurash sport turlari majmuasi. Muxlislar sigʻimi: 2 067 kishi.
Shuningdek, majmuada velosportning ВMX yoʻnalishi, chim ustida xokkey, 3x3 basketbol, tennis kabi sport turlari uchun ham maydonlar qurilgan.









