5 Sentyabr 2025 890

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”ning 2-bosqich yakuni boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi

Bugun Sport vazirligida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqich yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov va Sport vazirligi boʻlim boshliqlari ishtirok etib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Rasmiylar anjumanda bellashuvlar shaffof va yuqori saviyada tashkil etilgani, turli hududlarda bir qator iqtidorli yoshlar kashf etilgani, ba’zi dasturlarda qayd etilgan yuqori natijalar xususida ma’lumot berishdi. Shuningdek, barcha hududlarda gʻalaba qozongan sportchilar endilikda musobaqaning yakuniy bosqichi — Prezident Olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrishni boshlagani xususida ham toʻxtalib oʻtishdi.

Text to speech