4 Sentyabr 2025
716
Jahon chempionatini gʻalaba bilan boshladik
Angliyaning Liverpul shahrida start olgan boks boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolaridan birinchi boʻlib Nigina Oʻktamova ringga koʻtarildi. -54 vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz ilk bosqichda qozogʻistonlik Elina Bazarovani magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. Musobaqada ishtirok etadigan qolgan yurtdoshlarimizga ham mana shunday yorqin gʻalabalar tilab qolamiz.
