4 Sentyabr 2025
620
Toshkentda Butunjahon taekvondo kuni nishonlandi
Har yili 4-sentyabr – Butunjahon taekvondo kuni sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Bu yilgi bayram shukuhi poytaxtimiz markazida, “Tashkent City Mall” majmuasida qizgʻin tarzda oʻtdi.
Oʻzbek taekvondosining yulduzlari va yosh sportchilarning chiqishi orqali savdo markaziga kelgan mehmonlar mazkur sport turi bilan yaqindan tanishishdi.









