4 Sentyabr 2025 1031

Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazildi

Shu kunlarda poytaxtimizda taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqasi oʻtkazilmoqda. Bugun mazkur turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

“Universal” sport majmuasida tashkil etilgan tadbirda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Von Do Yon, Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov ishtirok etishdi.

Rasmiylar mamlakatimizda ushbu sport turining rivoji yangi bosqichga koʻtarilayotgani, sportchilarimiz xalqaro maydonda yuqori natijalar koʻrsatib kelishayotgani, shuningdek, bu kabi musobaqalar har ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishda yanada turtki boʻlishini taʼkidlashdi. Shuningdek, rasmiylar barcha sportchilarni 4-sentyabr – Butunjahon taekvondo kuni bilan qutlab, ularga oʻzlarining iliq tilaklarini bildirishdi.

Eslatib oʻtamiz, yoshlar oʻrtasida tashkil etilayotgan turnirda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar bahs olib borishmoqda.

Text to speech