4 Sentyabr 2025 651

Komiljon Toʻxtayev Qitʼaviy Atletlar forumida ishtirok etdi

2-3-sentyabr kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) va Olimpiya birdamligi loyihasi tomonidan VI Qitʼaviy Atletlar forumi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston MOQ Atletlar komissiyasi nomidan 2 karra qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Komiljon Toʻxtayev qatnashdi.

Forumda 45 MOQdan jami 120 nafar delegat ishtirok etdi. Tadbir davomida OOK va XOQ Olimpiya birdamligi loyihasi rasmiylari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha maʼruza qilishdi. Shuningdek, sportchilar uchun bugungi kundagi dolzarb masalalar, xususan, ularning xalqaro maydondagi huquqlarini himoya qilish, Olimpiya harakatini mamlakatlarida ommalashtirishdagi oʻrni kabi mavzularda fikrlar almashildi.

Text to speech