3 Sentyabr 2025 730

Taekvondo boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun turnir boshlandi

Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqa start oldi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Dasturga koʻra, bugun pumse (koʻrgazmali chiqish) yoʻnalishi oʻtkaziladi. 4 va 5-sentyabr kunlari kyorugi (jang) boʻyicha bellashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada yigitlar va qizlar 10 tadan vazn toifasida dayanga koʻtarilishadi.

Text to speech