2 Sentyabr 2025 1231

Jahon chempionatida qatnashadigan bokschilarimiz nomi aniq

4-14-sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing shafeʼligidagi birinchi jahon chempionati oʻtkaziladi. Unda 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschi gʻoliblik uchun ringga koʻtariladi. Oʻzbekiston boks federatsiyasi mazkur musobaqada qatnashadigan tarkibimizni eʼlon qildi. Unga koʻra, quyidagi bokschilarimiz dunyo birinchiligida ishtirok etishadi:

Erkaklar:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev
+90 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʻktamova
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Text to speech