31 Avgust 2025 535

Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda kumush medallarga sazovor boʻlishdi

Sofiya shahrida (Bolgariya) dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Bugun aralash jamoaviy dasturda kuchlilar aniqlandi.

Saralashda Fransiya, Qozogʻiston va Moʻgʻuliston jamoalarini magʻlub etgan yurtdoshlarimiz finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib borishdi. Afsuski, ushbu qarama-qarshilik dzyudo vatani vakillarining gʻalabasi bilan nihoyasiga yetdi va hamyurtlarimiz kumush medal bilan taqdirlanishdi.

Eslatib oʻtamiz, yakkalik bahslarida dzyudochilarimiz 5 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi.

Text to speech