31 Avgust 2025
447
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Sirdaryodagi yengil atletika musobaqalari bilan hududiy bosqich bahslari yakunlandi
Sirdaryo viloyatida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining yengil atletika bahslari boʻlib oʻtdi. “Oʻzbekiston-Xitoy” doʻstlik bogʻining sport majmuasida tashkil etilgan bellashuvlarda 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, bu musobaqa butun Respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqasining 2-bosqichi doirasidan oʻrin olgan soʻnggi dastur boʻldi. Yakunda oʻz yoʻnalishida gʻalaba qozongan qatnashchilar Prezident Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.





