28 Avgust 2025
401
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Hududiy bosqich bahslari nihoyasiga yetmoqda
Bugun ham bir qator hududlarda “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqichidan oʻrin olgan bellashuvlar yakunlandi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida yengil atletika, Xorazmda ogʻir atletika bahslari bilan ushbu hududlardagi 2-bosqich bellashuvlari poyoniga yetdi.
Shuningdek, Samarqandda yengil atletika, Sirdaryoda taekvondo WT, Namanganda boks, Andijonda boks va yengil atletika bahslari oʻtkazildi.
Qayd etish joiz, barcha dasturlarda gʻalaba qozongan yoshlar yil soʻngida oʻtadigan Prezident Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishdi.









