28 Avgust 2025
451
Yana bir yosh dzyudochimiz jahon chempionatida shohsupaga koʻtarildi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Bolgariyada oʻtayotgan jahon chempionatida yana bir medalga sazovor boʻldi. Bugungi bahslarda Dilshod Karimov bronza medali bilan taqdirlandi.
-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz yarim finalgacha boʻlgan yoʻlni muvaffaqiyatli bosib oʻtdi. Biroq final ostonasida imkoniyatni boy bergach uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda tatamiga koʻtarildi. Ahamiyatlisi, Karimov bronza medali uchun kurashda boshqa bir hamyurtimiz Muhammadkarim Nosirovdan ustun keldi.
