28 Avgust 2025
495
Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan yengil atletikachilarimiz nomi maʼlum
13-21-sentyabr kunlari Tokio shahrida oʻtadigan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatining kvalifikatsion davri yakunlandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasining quyidagi 5 nafar aʼzosi oʻz yoʻnalishlarida kuchlilar qatoridan joy oldi va boʻlajak dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi:
Marafon: Shohruh Davlatov
Balandlikka sakrash: Safina Sadullayeva
Uzunlikka sakrash: Anvar Anvarov
Uch hatlab sakrash: Sharifa Davronova
Yadro uloqtirish: Malika Nasriddinova
