27 Avgust 2025
496
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun Buxoroda hududiy bosqich yakunlandi
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqich bahslari nihoyasiga yetib bormoqda. Bugun 8 hududda bellashuvlar tashkil etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatlarida badiiy gimnastika boʻyicha gʻoliblar aniqlangan boʻlsa, Xorazm, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yosh charm qoʻlqop ustalari ringga koʻtarilishdi. Samarqandda esa yengil atletika bahslari oʻtkazildi.
Andijonda boks va sport kurashlari boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi. 3x3 basketbol musobaqasi bilan Buxoro viloyatida 2-bosqichdan oʻrin olgan musobaqalar yakuniga yetdi.









