27 Avgust 2025
622
Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini 3 ta oltin medal bilan boshlashdi!
Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati start olgani haqida xabar bergan edik. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunidayoq 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bunday start jamoamiz tarixida hali boʻlmagan!
Oltin medal:
-40 kg: Dilafroʻz Boltaboyeva
-50 kg: Xushnud Sultonov
-55 kg: Xushnud Burxonov


