27 Avgust 2025 497

Sofiyada dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi

Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati start oldi. 71 mamlakatdan 551 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatnashmoqda.

Dasturga koʻra, 27-30-avgust kunlari yakkalik. 31-avgust sanasida esa aralash jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugun yigitlar -50 va -55 kg, qizlar esa -40 va -44 kg vazn toifalarida bellashishadi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi toʻliq tarkibda 20 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Text to speech