26 Avgust 2025 459

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun 12 hududda bahslar oʻtkazildi

Bugun Respublikamizning 12 hududida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqichidan oʻrin olgan bellashuvlar tashkil etildi. Eng koʻp dastur Andijon viloyatiga toʻgʻri kelib, ushbu hududda boks, gimnastika, 3x3 basketbol va sport kurashlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Xorazm, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yoshlar boks boʻyicha bellashuvlarda ringga koʻtarilishdi. Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida 3x3 basketbol, Buxoroda yengil atletika, Navoiyda sport kurashlari, Qashqadaryoda ogʻir atletika, Jizzaxda badiiy gimnastika va Sirdaryoda dzyudo bahslari oʻtkazildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida badiiy gimnastika va ogʻir atletika boʻyicha gʻolib hamda sovrindorlar aniqlangan.

Text to speech