26 Avgust 2025
512
Kamonchilarimiz jahon chempionatidan avval soʻnggi yigʻinni oʻtkazishmoqda
Shu kunlarda kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Koreya Respublikasining Kvanju shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Mazkur yigʻin sportchilarimizga 5-12-sentyabr kunlari tashkil etiladigan jahon chempionati oldidan soʻnggi va muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini oʻtaydi.
Rejaga koʻra, 2-avgust kuni boshlangan mashgʻulotlar 3-sentyabrga qadar davom etadi. Eslatib oʻtamiz, boʻlajak dunyo birinchiligida Amirxon Sodiqov, Shohjahon Abdulhamidov, Bekzod Boborajabov, Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva hamda Jasmina Nurmanova yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
<iframe width="100%" height="849" src="https://www.youtube.com/embed/KJjnpdkJMLE" title="Kamonchilarimiz jahon chempionatidan avval soʻnggi yigʻinni oʻtkazishmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

