25 Avgust 2025 506

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bahodir Jalolov izdoshlarini taqdirladi

Yurtimiz yoshlarining sevimli musobaqalariga aylanib borayotgan “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqichi qiziqarli bahslar ostida kechmoqda. Bugun 7 hududda 4 sport turidagi bellashuvlar tashkil etildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3x3 basketbol boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Qashqadaryo viloyatida badiiy gimnastika, Buxoroda esa taekvondo WT boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.

Shuningdek, Toshkent shahrida boks boʻyicha final janglari tashkil qilingan boʻlsa, Xorazm, Fargʻona va Andijon viloyatlarida sportchilar saralash bosqichi doirasida ringga koʻtarildilar.

Text to speech