25 Avgust 2025 296

Davlatimiz rahbarining Olimpiya shaharchasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Sport vazirligida yig'ilish bo'lib o'tdi

Bugun Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar boshliqlari ishtirokida joriy yilning 18-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida yangidan barpo etilgan Olimpiya shaharchasi majmuasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda yoshlarni sportga jalb qilishni yanada jadallashtirish, olimpiya sport turlarini maktab davridan boshlab rivojlantirish, bu borada Toshkent shahri tajribasini yaratish va uni respublikamizning barcha hududlariga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Yigʻilishda Olimpiya shaharchasiga tashrif davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan alohida dastur qabul qilinishi va qat’iy nazorat ostida amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga Olimpiya shaharchasi hududidagi inshootlardan samarali foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berilib, mamlakatimiz va xorijda o'tkazilayotgan sport musobaqalari, hamda kelgusidagi nufuzli sport tadbirlariga tayyorgarlik bo'yicha axborotlar tinglandi.

Manba: Sport vazirligi

Text to speech