26 Avgust 2025 546

Taekvondochilarimiz Muju “Grand Prix Challenge” musobaqasiga joʻnab ketishdi

28-31-avgust kunlari Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT boʻyicha “Grand Prix Challenge” turniri boʻlib oʻtadi. Tunda mazkur musobaqada qatnashadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Koreyaga yoʻl oldi. Mamlakat taekvondo assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, ushbu turnirda hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:
-58 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Kamronbek Mansurov
-58 kg: Mirdiyor Mirayimov
-68 kg: Islombek Rajabov
+80 kg: Shuhrat Salayev
+80 kg: Marat Mavlonov
+80 kg: Yodgor Joʻraboyev

Ayollar:
-49 kg: Laylo Hasanova
-49 kg: Madina Shoniyozova
-49 kg: Dilnoza Tangirova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-67 kg: Sevinch Hayitova
-67 kg: Diyora Azizova

Text to speech