Kun dayjesti:
Yosh kurashchilarimiz jahon chempionatini 6 ta medal bilan tugatishdi
Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi uch yoʻnalishda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻardi.
Samarqandda triatlon boʻyicha Challenge turniri oʻtkazildi
Ortda qolgan hafta Samarqand shahrida triatlon boʻyicha nufuzli musobaqalar tashkil etildi. Muxlislar dastlab 19-20-avgust kunlari harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga guvoh boʻlishdi. 23-24-avgust kunlari esa “Samarkand challenge” nomi ostida turli yosh toifalaridagi Oʻzbekiston ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.
Braziliyada badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionati yakunlandi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Musobaqada hamyurtlarimizdan Taxmina Ikromova shohsupaga juda yaqin keldi. Sportchimiz toʻp bilan mashqda 28.700 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Mazkur yoʻnalishda uchinchi natijani koʻrsatgan italiyalik Safiya Rafaelli esa 28.750 ball jamgʻardi.
Chungvon Choi Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidentligiga yagona daʼvogar
Joriy yilning 23-oktyabr kuni Xitoyning Usi shahrida Butunjahon taekvondo federatsiyasi (World taekwondo) Prezidentligiga saylov boʻlib oʻtadi. World taekwondo mazkur tadbirda tashkilotning amaldagi rahbari Chungvon Choi nomzodi yagona ekanini bildirdi. Maʼlumot uchun, Chungvon Choi 2004-yildan beri ushbu tashkilot rahbari sifatida faoliyat olib boradi.



