24 Avgust 2025
910
Aytjan Xalmaxanov ikkinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetmoqda. Bugungi bellashuvlar ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtib, yunon-rum kurashchimiz Aytjan Xalmaxanov oltin medalga sazovor boʻldi.
-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz saralash bosqichlarida Yaponiya, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Qozogʻiston vakillarini magʻlub etgan edi. Final bellashuvida esa armanistonlik sportchi 12:2 hisobida taslim etildi.
