24 Avgust 2025
512
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun uch sport turida bellashuvlar oʻtkazildi
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqichida yana bir kun nihoyasiga yetdi. Bu gal besh hududda yoshlar oʻzaro bahslashishdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyatida 3x3 basketbol boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilgan boʻlsa, Fargʻona viloyati va Toshkent shahrida boks janglari tashkil etildi. Navoiylik yoshlar esa yengil atletika bahslarida kuch sinashishdi.









