23 Avgust 2025
495
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun oʻn hudud yoshlari musobaqalashishdi
Respublikamiz yoshlari bugun ham 2-bosqich doirasida qiziqarli bahslarda ishtirok etishdi. Jumladan, Toshkent shahrida boks va badiiy gimnastika, Jizzax viloyatida ogʻir atletika bellashuvlari oʻtkazildi.
Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida yengil atletika, Namangan, Fargʻona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida 3x3 basketbol boʻyicha bahslar tashkil etildi. Shuningdek, Buxoroda badiiy gimnastika musobaqasi boʻlib oʻtdi.









