23 Avgust 2025 1138

Rasmiylar “Manchester siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi

Angliyaning Manchester shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati safar davomida “Manchester siti” klubining shtab-kvartirasi hamda jamoa akademiyasiga tashrif buyurdi. Mutasaddilar klub tarixi va uning tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

Jamoa mutaxassislari oʻzbekistonlik rasmiylarga klubning marketing, akademiya faoliyati va undagi futbol taʼlimi, xalqaro aloqalar, seleksiya va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, ingliz klubi tajribasini Yuqori Chirchiq tumanida qurilgan Milliy futbol markazida tatbiq etish borasida fikr almashildi.

Tashrif yakunida rasmiylar “Manchester Siti” jamoasining mashgʻulot bazasini koʻrishdi. Shu yerning oʻzida klub bosh murabbiyi, jahon futboli afsonasi Xosep Gvardiola, qolaversa, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi va "shaharliklar" himoyachisi Abduqodir Husanov bilan suhbat tashkil etildi.

Text to speech