22 Avgust 2025
519
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Respublikamiz yoshlari yana yetti sport turida bellashishdi
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqich bahslari davom etadi. Bugun toʻqqiz hududda yetti sport turi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida dzyudo, Andijonda ogʻir atletika, Xorazm, Fargʻona va Jizzax viloyatlarida 3x3 basketbol, Qashqadaryoda stol tennisi, Buxoro viloyatida yengil atletika va stol tennisi boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Toshkent shahrida boks bahslari boshlangan boʻlsa, Sirdaryoda ushbu sport turidagi bellashuvlar yakunlandi. Shuningdek, navoiylik yoshlar yengil atletika va taekvondo WT boʻyicha bellashishdi.









