22 Avgust 2025
623
Artur Guliyev — ikki karra jahon chempioni!
Milan shahri (Italiya) mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatga kanoechimiz Artur Guliyev erishdi.
200 metr masofaga kechgan bellashuvda yurtdoshimiz 38,63 soniya natija qayd etdi. Shu tariqa, Guliyev faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionatlarining oltin medaliga sazovor boʻldi.
