22 Avgust 2025 623

Nigina Sobirova jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqdi

Bolgariyaning Samokov shahrida oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan yana bir xushxabar. Ayollar kurashi boʻyicha kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Nigina Sobirova bronza medalini qoʻlga kiritdi.

-62 kg vazn toifasida kurashgan yurtdoshimiz chorak finalda magʻlubiyatga uchragach bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻldi. Oʻtish bosqichida Qozogʻiston vakilini dogʻda qoldirgan Sobirova uchinchi oʻrin uchun kurashda turkiyalik sportchidan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Text to speech