21 Avgust 2025
453
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Yetti hududda olti sport turida bahslar oʻtkazildi
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining bugungi kuni ham qiziqarli kurashlarga boy boʻldi. Kun davomida 7 hududda 6 sport turi boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi.
Toshkent shahri va Fargʻona viloyatlarida stol tennisi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlangan boʻlsa, Buxoroda ogʻir atletika, Navoiyda 3x3 basketbol bellashuvlari oʻtkazildi.
Surxondaryoda stol tennisi va dzyudo, Jizzax viloyatida stol tennisi, 3x3 basketbol va yengil atletika bahslari boʻlib oʻtdi. Sirdaryolik yoshlar esa badiiy gimnastika va boks boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.








