21 Avgust 2025
410
Ikki nafar yengil atletikachimiz Osiyo chempionatida sovrindor boʻlishdi
Koreya Respublikasining Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugungi bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Dastlab Malika Nasriddinova yadro uloqtirish dasturida 17.14 metr natija bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, bosqon uloqtirish sektorida Suhrob Xodjayev 69.52 metr bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Dasturga koʻra, ertaga nayza uloqtirish boʻyicha bellashuvlar tashkil etiladi.
