21 Avgust 2025 343

“Klassik” kurashchilarimiz jahon chempionatiga hozirlik koʻrishyapti

Shu kunlarda yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiya Respublikasining Vladikavkaz shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Mazkur yigʻin Rustam Assakalov boshchiligidagi jamoamizga kelasi oy oʻtkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Rejaga koʻra, mashgʻulotlar 23-avgustga qadar davom etadi. Yigʻinda Rossiya, Serbiya, Shveysariya, Italiya, Daniya va Belgiya terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Text to speech