20 Avgust 2025 498

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”: Bugun oʻn hududda bahslar tashkil etildi

Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining 2-bosqichi doirasida navbatdagi kun bellashuvlari yakunlandi. Unda 10 hududda 6 sport turi boʻyicha bahslar oʻtkazildi.

Yoshlarimiz Xorazm viloyatida yengil atletika va stol tennisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ogʻir atletika va stol tennisi, Andijon viloyatida taekvondo WT va dzyudo boʻyicha bellashishdi.

Shuningdek, Qashqadaryo, Fargʻona, Buxoro va Jizzax viloyatlarida sport kurashlari, Namangan, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlarida esa stol tennisi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Text to speech